Ko‘p beriladigan savollar
Buyurtmani qanday rasmiylashtirish mumkin?
1. Kerakli tovarlarni tanlang va ularni savatchaga qo‘shing.
2. Tovar xususiyatlarini (soni, o‘lchami, rangi va h.k.) to‘g‘ri tanlaganingizni tekshiring.
3. "Buyurtmani rasmiylashtirish" tugmasini bosing.
4. Sizga qulay bo‘lgan to‘lov usulini tanlang.
5. Buyurtmani to‘lang va tezkor yetkazib berilishini kuting.
Yetkazib berish qanday amalga oshiriladi?
Yetkazib berish buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir kun ichida amalga oshiriladi.
Shuningdek, bolalar ovqati va tagliklar (podguzniklar) toifasiga kiruvchi mahsulotlar xarid qilinganda, buyurtma amalga oshirilganidan so‘ng 2 soat ichida yetkazib beriladi.
Tovarning to‘lov usullari
Naqd pul orqali to‘lov. Siz to‘lovni mahsulotni qabul qilganingizda kuryerga naqd pul orqali amalga oshirishingiz mumkin. To‘lov summasi sizning xaridingiz va yetkazib berish narxining yig‘indisi bo‘ladi.
Uzcard yoki Humo kartasi orqali to‘lov. Click ilovasida "To‘lov usuli" bo‘limida onlayn to‘lovni tanlang (Uzcard / Humo), karta ma’lumotlarini kiriting va "To‘lash" tugmasini bosing. Kod ko‘rsatilgan SMSni kuting. Shundan so‘ng kodni tegishli qatorga kiriting. Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizning maxfiyligi va xavfsizligi kafolatlanadi.
Mahsulot va pulni qaytarish
To‘langan pulni qaytarish, to‘lov shaklidan qat’i nazar, karta hisobiga 10 kun ichida o‘tkazib beriladi.
Qanday qilib maslahat olishim mumkin?
Onlayn maslahat bizning onlayn chat orqali har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.