Manzil tanlanmagan

Do'konlar

Mahsulotni qaytarish

Mahsulotni qaytarish/almashish **18-modda: "Iste'molchi sifatli mahsulotni almashtirish huquqi"**ga muvofiq amalga oshiriladi.

Iste'molchi sifatli, nooziq-ovqat mahsulotini xarid qilingan sanadan boshlab o‘n kun ichida sotuvchidan shunga o‘xshash mahsulotga almashtirish huquqiga ega. Agar savdoda bunday mahsulot bo‘lmasa, iste'molchi pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega.

Iste'molchining mahsulotni almashtirish yoki qaytarish talabi quyidagi shartlar asosida bajariladi:

Mahsulot foydalanilmagan bo‘lishi;
Mahsulotga zarar yetkazilmagan bo‘lishi;
Mahsulot asl qadoq bilan qaytarilishi;
Mahsulotning iste'molchilik xususiyatlari saqlanib qolishi;
Ushbu mahsulot aynan ushbu sotuvchidan sotib olinganini tasdiqlovchi asoslar mavjud bo‘lishi.